locale OZ

Samarqandning Sherdor va Azur, Qo‘qonning Havokand klublari Birinchi ligada ishtirok etadi

O‘z navbatida, musobaqada ishtirok etish uchun salohiyatli bo‘lgan klublar va ularning rejalari o‘rganib chiqildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Samarqandning Sherdor va Azur, Qo‘qonning Havokand klublari Birinchi ligada ishtirok etadi
photo: PFL

Birinchi ligada ishtirok etish istagida bo‘lgan klublar joriy yilning 31-yanvar sanasiga qadar Ligaga murojaat qilishi belgilab qo‘yilgandi. Shundan kelib chiqib, bir qator nomzodlar Ariza bilan murojaat qildi.

Liga murojaatlarni o‘rganib chiqqan holda, Reglament bo‘yicha minimal talablarga javob bermaydi deb topilgan klublarni Birinchi liga qatnashchilari safiga qo‘shishni rad qildi. Bunda hududiy futbol assosiatsiyalari bilan hamkorlikda ish olib borildi.

O‘z navbatida, musobaqada ishtirok etish uchun salohiyatli bo‘lgan klublar va ularning rejalari o‘rganib chiqildi. Shu asosda Samarqand shahrining Sherdor va Azur, Qo‘qon shahrining Havokand klublariga ketma-ketlikda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar ro‘yxati taqdim etildi. Fevral oyining dastlabki 10 kunligida mazkur jamoalar Reglament bo‘yicha dastlabki talablarni bajarish ustida ish olib bordi.

O‘rganishlar xulosasi asosida yuqorida nomlari qayd etilgan klublarni Liga qatnashchilari safiga qabul qilish maqsadga muvofiq deb topildi. Ular 2026-yilgi mavsumdan e’tiboran Birinchi ligada to‘p suradi.

Ayni vaqtda Birinchi liga qatnashchilari tarkibini to‘liq shakllantirish borasida o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting