locale OZ

Samarqandlik og‘ir atletikachilar xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi

Joriy yilning 5–6-iyun kunlari Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida taniqli sport arbobi Sangov Dadaxon xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Samarqandlik og‘ir atletikachilar xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi
photo: Og'ir atletika

Joriy yilning 5–6-iyun kunlari Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida taniqli sport arbobi Sangov Dadaxon xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.

Nufuzli musobaqada Samarqand viloyati terma jamoasi sportchilari ham ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildilar. Akobir Usmonov va Shokir Asadov murabbiyligida bahslarda qatnashgan sportchilar yuqori natijalarni qayd etib, bir qator medal va sovrinlarni qo‘lga kiritdilar.

Xususan, Sanjar Abdurashidov hamda Mamurjon Bekmurodov oltin medal sohibiga aylangan bo‘lsa, Behruz Bozorov, Shahboz Azizov, Navro‘zjon Narzullayev, Elnur Qurbonov va Faxriddin Yesergapov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Otabek Shukrullayev bronza medal bilan taqdirlandi. Shohjahon Omonov esa musobaqani 5-o‘rinda yakunladi.

Jamoaviy bahslarda mezbon Tojikiston terma jamoasi birinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi, Qirg‘iz Respublikasi vakillari esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindor sportchilar hamda ularning murabbiylarini erishilgan natijalar bilan tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ularga yanada ulkan zafarlar tilaymiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting