locale OZ

Samarqanddagi Olimpiadada qatnashgan shaxmatchilar Vatanga qaytishlari bilan qamoqqa olindi

Shaxmatchilar chegarada ushlanganidan so‘ng ularning pasportlari olib qo‘yilib, uchalasi alohida xonalarga joylashtirilgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Samarqanddagi Olimpiadada qatnashgan shaxmatchilar Vatanga qaytishlari bilan qamoqqa olindi
Foto: Getty Images

Samarqandda o‘tkazilgan 46-Butunjahon Shaxmat Olimpiadasida Afg‘oniston sharafini himoya qilgan uch nafar shaxmatchi vataniga qaytishi bilan qo‘lga olindi. Xaybar Faraziy, Habibulloh Amini va Habibulloh Guldo‘st Afg‘onistonga kirishda chegarada ushlangan, keyinchalik esa Kobulda uy qamog‘iga olingan. Bu haqda El País nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Afg‘onistonda shaxmat Tolibon hukumati tomonidan taqiqlangan. Shaxmatchilar chegarada ushlanganidan so‘ng ularning pasportlari olib qo‘yilib, uchalasi alohida xonalarga joylashtirilgan. Keyinchalik ular Kobulga qaytarilgan va ayni paytda qanday jazo qo‘llanishi bo‘yicha yakuniy qarorni kutmoqda. El País ma’lumotiga ko‘ra, ularga jismoniy jazo berilishi ehtimoli ham mavjud.

Afg‘oniston delegatsiyasidan mamlakatga qaytgan to‘rtinchi shaxmatchi Mirzaad Sayed Vahobiddin esa boshqa chegara punkti orqali hech qanday muammosiz o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. Xalqaro Shaxmat Federatsiyasi — FIDE ushbu vaziyat yuzasidan diplomatik choralar ko‘rmoqda. Yevropa Parlamenti va Ispaniya hukumati vakillari ham qo‘lga olingan shaxmatchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni boshlagan.

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi Shaxmat Olimpiadasi Samarqand shahrida o‘tkazildi va unda dunyoning qariyb 200 mamlakatidan sportchilar ishtirok etdi. Afg‘onistondan musobaqaga kelgan to‘rt shaxmatchining uch nafari vataniga qaytgach hibsga olingan, delegatsiyaning xorijda yashaydigan boshqa a’zolari esa Afg‘onistonga qaytmagan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting