locale OZ

Samarqandda yangi sport majmuasi foydalanishga topshirildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Samarqandda yangi sport majmuasi foydalanishga topshirildi
Фото: Sport vazirligi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumani sport maktabining “Oqdaryo” MFY Tortuvli qishlog‘idagi TIP-1 sport majmuasi keng jamoatchilik ishtirokida foydalanishga topshirildi.

Sport sohasi mas’ullari, nuroniylar va faollar ishtirok etgan tantanali ochilish marosimida Oqdaryo tumani hokimi Sh.Qudratov so‘zga chiqib, barchani istiqlol ayyomi va yangi sport majmuasi ishga tushishi munosabati bilan samimiy tabrikladi.

Ma’lumot uchun, mazkur majmua Tashabbusli byudjet loyihasining 2024-yil 2-mavsumida g‘olib deb topilib, 1,3 milliard so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan. 24x12 hajmdagi engil metall konstruktsiyali sport zalda yoshlar va fuqarolarning sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting