locale OZ

Samarqandda “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari”ning ikkinchi bosqichi boshlandi

Taekvondo bo‘yicha o‘tayotgan musobaqada g‘oliblar Prezident Olimpiadasiga yo‘llanma oladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Samarqand viloyatida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqalarining ikkinchi bosqichiga start berildi. Taekvondo WT yo‘nalishida tashkil etilgan ushbu saralash turnirining ochilish marosimida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Adham Ikromov ishtirok etdi.

Vazir o‘z so‘zida mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu musobaqa sportchilar uchun muhim maydon ekanini ta’kidlab, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bellashuvlarda viloyatning barcha tuman va shaharlaridan kelgan yosh taekvondochilar ishtirok etmoqda. Ular o‘z vazn toifalarida g‘olib chiqish uchun bahs olib bormoqda.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘olib bo‘lgan sportchilar Prezident Olimpiadasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting