locale OZ

Samarqandda Uzbekistan Judo Tour g‘oliblari aniqlandi

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Samarqandda Uzbekistan Judo Tour g‘oliblari aniqlandi
Фото: O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasi

Samarqand shahri mezbonlik qilgan Uzbekistan Judo Tour turkum musobaqalarining navbatdagi bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.

Mamlakatimizning deyarli barcha hududlaridan kelgan dzyudochilar 4 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun tatamiga chiqishdi. Yakunda o‘z vaznlarida Shukurjon Aminova, Abdurahmon Sa’dullayev, Mirjalol To‘xtayev va yosh polvonimiz Fazliddin Rafiqov Samarqand Uzbekistan Judo Tour shohsupasining eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi.

Anvarjon Ibrohimov, Artyom Shturbabin, Muhriddin Tilovov, Sevinch Isoqova singari terma jamoaga nomzod dzyudochilarning sovrinli o‘rinlarsiz qolishi bellashuvlarning qanchalik murosasiz kechganidan darak bermoqda. Uzbekistan Judo Tour musobaqasini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham yangi iste’dodlarni kashf etishdan iborat.

Samarqand Uzbekistan Judo Tour g‘olib va sovrindorlari:

-63 kg vazn toifasi
1. Shukurjon Aminova (Xorazm)
2. Marjona Nurulloyeva (Samarqand)
3. Sarvinoz Husanova (Samarqand)
3. Farangiz Rejepova (Buxoro)

-66 kg vazn toifasi
1. Abdurahmon Sa’dullayev (Toshkent shahri)
2. Asadbek Misirov (Samarqand)
3. Azizbek Himmatov (Navoiy)
3. Shohruh Ibadullayev (Xorazm)

-81 kg vazn toifasi
1. Mirjalol To‘xtayev (Samarqand)
2. To‘lqin Ochilov (Qoraqalpog‘iston)
3. Muhammaddo‘st Eshdavlatov (Qashqadaryo)
3. Sa’dulla Ravshanov (Qashqadaryo)

+90 kg vazn toifasi
1. Fazliddin Rafiqov (Toshkent shahri)
2. Jaloliddin Qurbonmurotov (Qashqadaryo)
3. Qahramon Rahmonov (Qashqadaryo)
3. Timur Salam-Zada (Samarqand)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting