locale OZ

Samarqandda triatlon bo'yicha Jahon chempionati va paratriatlon bo'yicha Jahon kubogi bahslariga start berildi

Dunyoning eng yuqori pog’onali spotrchilari g‘oliblik uchun bahs olib borishmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Samarqandda triatlon bo'yicha Jahon chempionati va paratriatlon bo'yicha Jahon kubogi bahslariga start berildi
Фото: Спорт вазирлиги

Musobaqaning start berish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibi, O‘zbekiston triatlon federatsiyasi raisi Viktor Mahmudov, Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev, Sport vaziri Adkham Ikramov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjayev ishtirok etishdi.

Musobaqada 28 dan ortiq mamlakatdan xorijiy atletlar qatnashmoqda. Ular safida Lisa Tertsch, Beth Potter, Cassandre Beaugrand, Miguel Hidalgo, Vasco Vilacha kabi olimpiada ishtirokchilari va dunyoning eng yuqori pog’onali spotrchilari g‘oliblik uchun bahs olib borishmoqda.

World Championship doirasida atletlar suzish — 1,5 km, velosiped bosqichi — 40 km. va yugurish bosqichi 10 km. masofada kuch va imkoniyatlarini namoyish etishadi.

Shuningdek, imkoniyati cheklangan, nogironlik aravachasidagi atletlar, ko'rish qobiliyati cheklangan atletlar, o'z gidlari bilan suzish — 750 m, velosiped bosqichi — 19 km va yugurish bosqichi 5 km. sprint masofasida bellashmoqda.

Poyganing dinamik va ta'sirchan bo'lishi, Samarqandning nafaqat Markaziy Osiyoda, balki xalqaro sport maydonida ham jadal rivojlanayotgan jahon triatloni markazi sifatidagi maqomini namoyon etmoqda

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting