Samarqandda «Rahbar kubogi – 2025» musobaqasi g'oliblari aniqlandi
G'olib va sovrindor jamoalar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Samarqand viloyati sport boshqarmasi hamda viloyatdagi barcha sport ta'lim muassasalari rahbar-xodimlari o'rtasida mini-futbol bo'yicha an'anaviy “Rahbar kubogi” musobaqasi bo'lib o'tdi.
Musobaqada barcha jamoalar murosasiz va qizg'in o'yinlarni namoyish etishdi. Sportni targ'ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va jamoaviy ruhni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqa ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Yakuniy natijalarga ko'ra:
1-o'rin – Samarqand viloyati sport boshqarmasi jamoasi
2-o'rin – Samarqand shahar 1-son sport maktabi jamoasi
3-o'rin – Viloyat gimnastika sport turlariga ixtisoslashgan sport maktabi jamoasi
G'olib va sovrindor jamoalar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist