Samarqandda muaytay bo’yicha O’zbekiston chempionati start oldi
Musobaqa doirasidagi janglar shu yilning 15-fevraliga qadar davom etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Samarqand shahrida sportning muaytay turi bo’yicha kichik o'smirlar va kattalar o’rtasidagi O’zbekiston chempionatining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Unda viloyat hokimi o'rinbosari H.Tuxtayev so’zga chiqib, Samarqand viloyati mezbonlik qilayotgan O’zbekiston chempionati yurtimizda muaytay sport turini rivojlantirishga qaratilgan sa'y-harakatlarning amaliy ifodasi ekanligini ta’kidlab, barcha sportchilarga muvaffaqiyat tiladi.
Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida o'tkazilayotgan chempionatda Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 200 nafardan ortiq umidli sportchilar ishtirok etmoqda.
Musobaqa doirasidagi janglar shu yilning 15-fevraliga qadar davom etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist