locale OZ

Samarqandda “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi

Musobaqaning mazkur viloyat bosqichida birinchilikni qo‘lga kiritgan jamoa keyingi — Respublika bosqichida viloyat sharafini himoya qiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Samarqandda “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi
photo: sport vazirligi

Samarqand shahridagi 2-son sport maktabida o‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi yakunlandi.

Tantanali taqdirlash marosimida viloyat sport boshqarmasi boshlig'i J.Nurmanov, viloyat futbol assotsiatsiyasi, viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi mas’ullari, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar, murabbiylar ishtirok etishdi.

Yakuniy natijalar quyidagicha:

1-o‘rin — Ishtixon tumani 74-maktab jamoasi
2-o‘rin — Paxtachi tumani 46-maktab jamoasi
3-o‘rin — Jomboy tumani 8-maktab jamoasi

Taʼkidlash kerakki, bu yil ilk bor tashkil etilayotgan mazkur musobaqa o‘quvchi qizlar o‘rtasida futbolni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Musobaqaning mazkur viloyat bosqichida birinchilikni qo‘lga kiritgan jamoa keyingi — Respublika bosqichida viloyat sharafini himoya qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting