Samarqandda «Jismoniy tayyorgarlik darajasi» sport sinovlariga start berildi
Bugun Samarqand viloyatidagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarini topshirish jarayoniga tantanali ravishda start berildi.
Sport sinovlarining dastlabki bosqichi Samarqand shahridagi 9-umumta’lim maktabida namunali tarzda tashkil etildi. Ochilish marosimida Sport vaziri maslahatchisi Sharifjon Momindjanov, viloyat sport boshqarmasi, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda kasaba uyushmalari vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar sport sinovlari nafaqat yoshlarning jismoniy tayyorgarligini aniqlash, balki ularni sog‘lom va faol hayotga yo‘naltirishda muhim o‘rin tutishini qayd etdilar. Shuningdek, “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari orqali o‘quvchilarda iroda, chidamlilik va intilish kabi muhim fazilatlar shakllanishi alohida e’tirof etildi.