Samarqandda \"Hokim kubogi\" sovrindorlari aniqlandi
Kamondan otish bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada 100 dan ortiq ishtirokchi g‘oliblik uchun bellashdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz
Samarqand shahridagi 2-sonli sport maktabida kamondan otish bo‘yicha "Viloyat hokimi kubogi" musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan bellashuvlarda 100 nafardan ortiq sportchi turli masofalarda o‘z mahoratlarini sinab ko‘rishdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlandi. Marosimda viloyat hokimining o‘rinbosari H.To‘xtayev, viloyat IIB boshlig‘i R.Mamatov, viloyat sport boshqarmasi rahbari J.Nurmanov, Milliy gvardiya, prokuratura hamda federatsiya mas’ullari ishtirok etishdi.
Tadbir doirasida sportchilar va harbiylar tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar ham namoyish etildi. G‘oliblar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Bakradze Iman
Redaktor