Samarqandda davlat xizmati forumi doirasida eng yaxshi davlat xizmatchilari taqdirlandi
Samarqandda o‘tkazilayotgan BMT Davlat xizmati forumi doirasida “O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi bo‘yicha g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Fuqarolarga yaqin va adolatli davlat xizmatini yaratish, shuningdek, davlat boshqaruvi tizimini sifat jihatidan yangilash maqsadida tashkil etilgan ushbu dasturda O‘zbekiston hamda BAAning mas’ul vakillari, davlat idoralari rahbarlari, ekspertlar, xalqaro kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Dasturining joriy yilgi ikkinchi sikl doirasida o‘tkazilgan tanlovda 17 ta vazirlik va idoradan 140 nafar ishtirokchi qatnashdi. Davlat xizmatchilari 8 ta nominatsiya bo‘yicha baholandi.
Quvonarlisi, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i Mahammadiev Akmal Ahtamovich “Namunali inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish tuzilmalar rahbari” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.