Samarqandda bo‘lib o‘tgan xalqaro musobaqada o‘zbekistonlik shaxmatchilar qanday natija qayd etdi?
Joriy yilning 3–15 sentabr kunlari Samarqand shahrida umumiy mukofot jamg‘armasi 855 ming AQSH dollarini tashkil etgan nufuzli “FIDE Grand Swiss” xalqaro shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur turnirda dunyoning 39 mamlakatidan jami 172 nafar kuchli va mashhur shaxmatchilar ishtirok etdi. Shundan 116 nafar erkak va 56 nafar ayol shaxmatchi sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib bordilar. Turnirda O‘zbekiston sharafini 14 nafar shaxmatchi himoya qildi:
Erkaklar:
Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubboev, Javohir Sindarov, Shamsiddin Vohidov, Abdumalik Abdusalomov, Muhiddin Madaminov, Muhammadzohid Suyarov, Jahongir Vohidov, Ortiq Nigmatov.
Ayollar:
Afruza Hamdamova, Umida Omonova, Gulruhbegim Tohirjonova, Madinabonu Halilova, Guldona Karimova.
Erkak shaxmatchilar toifasida o‘zbekistonliklarning natijalari:
10. Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston) – 7 ochko.
14. Nodirbek Yakubboev – 7 ochko
24. Javohir Sindarov – 6,5 ochko
50. Shamsiddin Vohidov – 6 ochko
83. Abdumalik Abdusalomov – 5 ochko
107. Muhiddin Madaminov – 4 ochko
108. Muhammadzohid Suyarov – 4 ochko
110. Jahongir Vohidov – 4 ochko
115. Ortiq Nigmatov – 3 ochko
Ayol shaxmatchilar toifasida o‘zbekistonliklarning natijalari:
29. Afruza Hamdamova – 5,5 ochko;
30. Umida Omonova – 5 ochko;
31. Gulruhbegim Tohirjonova – 5 ochko;
32. Madinabonu Halilova – 4 ochko;
33. Guldona Karimova – 4 ochko.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan shaxmatchilar 90 ming AQSH dollari, 2-o‘rin 75 ming dollar, 3-o‘rin uchun 62 ming dollar, 4-o‘rin 50 ming dollar, 5-o‘rin 40 ming dollar, 6-o‘rin 32 ming dollar, 7-o‘rin 26 ming dollar, 8-o‘rin 21 ming dollar, 9-o‘rin 18 ming dollar, 10-o‘rin 15 ming dollar, 11–15-o‘rinlar – har biri 10 000 dollardan, 16–25-o‘rinlarning har biri 6 800 dollardan, 26–35-o‘rinlarning har biri 4 500 dollardan, 36–50-o‘rinlarning har biri 2 200 dollardan mukofot oldi.