Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi bahslari yakunlandi
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning diplom va medallari bilan taqdirlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Samarqand shahrida joriy yilning 2–6-aprel kunlari baydarka va kanoeda eshkak eshish sport turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston Kubogi musobaqalari yuqori saviyada tashkil etilib, murosasiz bahslar ostida o‘tkazildi.
Musobaqa dasturidan o‘rin olgan turli masofalarda final bahslari tashkil etilib, unda yurtimizning yetakchi sportchilari g‘oliblik uchun kuch sinashdi.
Mazkur musobaqa respublikamizdagi eng iqtidorli eshkak eshuvchilarning jismoniy va texnik tayyorgarlik darajasini baholash, shuningdek, milliy terma jamoa tarkibiga munosib nomzodlarni saralashda muhim bosqich bo‘lib xizmat qildi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning diplom va medallari bilan taqdirlandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist