locale OZ

Samarqand shahrida ommaviy sport uchun yaratilgan sharoitlar oʻrganildi

Bu haqda Milliy Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Samarqand shahrida ommaviy sport uchun yaratilgan sharoitlar oʻrganildi
Фото: Спорт вазирлиги

Ishchi guruh oʻz tashrifi doirasida Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda viloyat yengil atletika va oʻyin turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Jarayonda ushbu muassasalarda yoshlarning sport bilan muntazam shugʻullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar koʻzdan kechirildi.

Shuningdek, masʼullar shaharda oʻtkazilayotgan “Hokim olimpiadasi”, “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” hamda adaptiv sport turlari boʻyicha “5 tashabbus paralimpiadasi” musobaqalarini kuzatishdi.

Yakunda mutasaddilar yoshlar bilan uchrashib, ularning qiziqishlari va kelajakdagi rejalari xususida samimiy suhbat qurishdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting