«Samarkand Marathon–2025» xalqaro xayriya marafonining asosiy bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda
Ayni paytda Registon maydonida “Samarkand Marathon–2025” an’anaviy xalqaro xayriya marafonining asosiy bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi kreativ iqtisodiyot va turizm masalalari departamenti direktori o‘rinbosari Elmurad Najimov, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev, Sport vaziri o‘rinbosari Avaz Karimov ishtirok etib, musobaqa ishtirokchilariga omad tiladi. Samarqand qator xalqaro musobaqalar markaziga aylanib borayotgani ta’kidlandi.
Marafonda 40 ga yaqin davlatdan 8 ming nafardan ziyod ishtirokchi qatnashmoqda. Xayriya tadbiri doirasida turli yosh toifasida va imkoniyati cheklangan shaxslar o‘rtasida ham poygalar tashkil etilayotgani ahamiyatlidir.