locale OZ

Samarkand Marathon xalqaro xayriya yugurish marafoniga start berildi

Birinchi o‘ringa 30 million so‘m pul mukofoti beriladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Samarkand Marathon xalqaro xayriya yugurish marafoniga start berildi
Фото: Спорт вазирлиги

Bugun Samarqand shahrida "Samarkand Marathon" xalqaro xayriya yugurish marafoniga start berildi. Dastlab, Registon maydonida “KIDS RUN” yo‘nalishida 3 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘rtasida poygalar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, skandinavcha yurish musobaqalari ham o‘tkazildi.

Ertaga, 9 noyabr kuni marafonning asosiy bellashuvlarida 40 ga yaqin davlatdan 8 ming nafardan ziyod ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.

Bellashuvlarda ishtirokchilar 5, 10, 21.1, 42.2 kilometr masofalarni bosib o‘tadi. 42.2 kilometrlik bellashuv uchun homiylar tomonidan pul mukofoti ta'sis etilgan bo‘lib, birinchi o‘ringa 30 million so‘m, ikkinchi o‘ringa 25 million so‘m va uchinchi o‘rin uchun 20 million so‘m beriladi.

Marafon doirasida turli yosh toifasida va imkoniyati cheklangan shaxslar o‘rtasida ham poygalar tashkil etiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting