locale OZ

«Samarkand Marathon-2025» g'oliblari taqdirlandi

Musobaqada ishtirokchilar 5, 10, 21.1, 42.2 kilometr masofalarni bosib o'tishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Samarkand Marathon-2025» g'oliblari taqdirlandi
Фото: Спорт вазирлиги

“Samarkand Marathon-2025” an'anaviy xalqaro xayriya marafonining asosiy bellashuvlari yakunlandi.

Musobaqada ishtirokchilar 5, 10, 21.1, 42.2 kilometr masofalarni bosib o'tishdi.

Natijalarga ko'ra, 5 kilometrdagi poygada erkaklar bahsida hamyurtimiz Alisher Axmatullaev, ayollar o'rtasida Darya Andropova marraga birinchi bo'lib yetib keldi.

10 kilometr musobaqada erkaklar bahsida yaponiyalik Yuta Shitara, ayollar bellashuvida rossiyalik Anastasiya Slichenkova tengsiz deb topildi.

21,1 kilometr masofaga o'tkazilgan poygada rossiyalik sportchilar Rinas Ahmadeyev hamda Sofiya Kameneva g'olib bo'ldi.

42,2 kilometr masofadagi bahslarda surxondaryolik Shohrux Davlatov birinchi o'rinni egalladi. Ayollar bahsida esa keniyalik Jasinta Chepkoech finishga birinchi bo'lib yetib keldi.

Marafonda turli yosh toifasida va imkoniyati cheklangan fuqarolar o'rtasida ham g'oliblar aniqlandi. Musobaqa g'oliblariga pul mukofoti va esdalik sovg'alari topshirildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting