locale OZ

Saint Louis Rapid & Blitz: Abdusattorov va boshqalar qancha mukofot puli oldi?

175 ming dollarlik jamgʻarmaga ega nufuzli turnirda Levon Aronyan gʻolib chiqdi, Nodirbek esa 4-o‘rinda qoldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

AQShning Sent-Luis shahrida oʻtgan 175 000 dollarlik Saint Louis Rapid & Blitz 2025 turniri Levon Aronyanning gʻalabasi bilan yakunlandi. Armanistonlik grossmeyster bosh sovrin sifatida 13 reyting ochkosi va 40 000 dollar mukofot pulini qoʻlga kiritdi.

Ikkinchi oʻrindagi Fabiano Karuana (AQSh) 10 ochko va 30 000 dollarga ega boʻldi. Uchinchi boʻlgan fransiyalik Maksim Vashye-Lagrav esa 8 ochko bilan 25 000 dollar ishlab oldi.

Blits yoʻnalishida birinchi oʻrinni olgan, biroq umumiy natijada 4-oʻrin bilan cheklangan Nodirbek Abdusattorov 7 ochko va 20 000 dollar mukofotga ega chiqdi.

Turnir jadvalining oxirida qolgan Sem Shankland (AQSh) esa 1 ochko va 7 000 dollar bilan kifoyalandi.

Grand Chess Tour doirasidagi toʻrtinchi musobaqadan soʻng Maksim Vashye-Lagrav umumiy hisobda 28 ochko va 122 667 dollar bilan yetakchilik qilmoqda. Abdusattorov esa uchta turnirdan keyin 18 ochko toʻplab, jami 57 000 dollar mukofot pulini oʻz hisobiga qoʻshib qoʻydi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting