Saidyoqub Qahramonov UFC sobiq jangchisini mag'lub etdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz
AQSHning Florida shtati, Mayami shahrida joylashgan The Hangar at Regatta Harbour arenasida DBX 2 turniri bo'lib o'tdi. Ushbu musobaqada 29 yoshli o'zbekistonlik aralash jang san'ati ustasi Saidyoqub Qahramonov eng engil vazn toifasida oktagonga chiqdi. Uning raqibi — amerikalik UFC sobiq jangchisi Aleks Kaseres bo'ldi.
Uch raund davom etgan keskin bellashuvda Saidyoqub aniq va ustun harakatlari orqali hakamlar taassurotini qoldirdi va yakdil qaror bilan g'alaba qozondi.
Bakradze Iman
Redaktor