locale OZ

Saidyoqub Qahramonov jang qiladigan Dirty Boxing 2 turnirining to‘liq kardi e’lon qilindi

Boshqa sport turlari
Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Rasm: gettyimages.com

Toshkent vaqti bilan 15 iyun kuni AQShning Florida shtati, Mayami shahrida joylashgan The Hangar at Regatta Harbour arenasida Dirty Boxing Championship 2 (DBX 2) turniri bo‘lib o‘tadi.

Bu galgi turnirda o‘zbekistonlik 29 yoshli aralash jang san’ati ustasi, UFC’ning sobiq jangchisi Saidyoqub Qahramonov ham qatnashadi. U eng yengil vazn toifasidagi jangda amerikalik tajribali UFC jangchisi Aleks Kaseresga qarshi oktagonga chiqadi. Mazkur to‘qnashuv turnirning asosiy jangidan oldingi — co-main event sifatida tashkil etiladi. Qahramonov va Kaseres uchun bu Dirty Boxing tashkiloti doirasidagi ilk jang bo‘ladi.

Turnirning markaziy jangida esa surinamik mashhur UFC jangchisi Jairzinyo Rozenstrayk Power Slap ishtirokchisi Devon Shvanga qarshi ringga chiqadi.

Tashkilotchilar DBX 2 musobaqasining to‘liq janglar kartasini e’lon qilishdi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting