Safina Sadullayeva Polshadagi xalqaro turnirda oltin medalga sazovor bo‘ldi
Boshqa sport turlari
Bakradze Iman
Redaktor
Rasm: Olamsport.uz
Polshaning Belostok shahrida yengil atletika bo‘yicha bronza toifasidagi xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqa Butunjahon yengil atletika federatsiyasi taqvimiga kiritilgan.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Safina Sadullayeva balandlikka sakrash yo‘nalishida ishtirok etib, 1.90 metr natija bilan birinchi o‘rinni egalladi. Bu ko‘rsatkich uning joriy mavsumdagi eng yaxshi natijasi hisoblanadi.
Balandlikka sakrash (ayollar):
1. Safina Sadullayeva (O‘zbekiston) — 1.90 m
2. Katerina Tabashnik (Ukraina) — 1.87 m
3. Viktoria Miaso (Polsha) — 1.84 m