locale OZ

Safina Sadullayeva Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Safina Sadullayeva Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi
FOTO: Olympic.uz

Koreya Respublikasining Gumi shahrida oʻtayotgan yengil atletika boʻyicha Osiyo chempionatining bugungi kunida ham Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi shohsupaga koʻtarildi.

Ayollar oʻrtasida balandlikka sakrash dasturida qatnashgan Safina Sadullayeva kumush medal sohibiga aylandi.

Hamyurtimiz musobaqada 1.86 metr natija qayd etishga erishdi. Shuningdek, bugun ishtirokini yakunlagan yurtdoshlarimizdan Oʻgʻiloy Norboyeva yetti kurash dasturida 5461 ochko jamgʻarib toʻrtinchi, uzunlikka sakrash sektorida esa Anvar Anvarov 7.98 metr bilan beshinchi natijani qayd etdi.

Balandlikka sakrash, Osiyo chempionati:

Puja Puja (Hindiston) – 1.89 metr

Safina Sadullayeva (Oʻzbekiston) – 1.86

Yelizaveta Matveyeva (Qozogʻiston) – 1.86

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting