“Saber” Moskva’da Qit’alararo ligaga qadam qo‘yadi
Yaqinda ayollar jamoasi bilan xalqaro maydonda debyut qilgan O‘zbekistonning yangi tashkil etilgan “Saber” klubi endi erkaklar tarkibi bilan yirik musobaqada ishtirok etadi. Dzyudochilarimiz 31 avgust kuni Moskva shahridagi “Triumf” arenasida bo‘lib o‘tadigan Qit’alararo dzyudo ligasida yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Turnirda jami 13 ta klub qatnashadi. Rossiya vakillaridan tashqari, Qozog‘istonning “Jenys”, Belarusning “Stayki”, Venesuelaning “Club Deportivo Jigoro Kano”, Hindistonning “Bombay Judo Club” hamda O‘zbekistonning “Saber” klubi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, “Saber” “S” guruhida Moskvaning MGFSO, Qozog‘istonning “Jenys” va Hindistonning “Bombay Judo Club” jamoalariga qarshi tatamiga chiqadi.
Jamoa tarkibi quyidagicha:
• Muhriddin Tilovov (-66 kg)
• Aziz Ortiqov (-66 kg)
• Hojiakbar Toshev (-73 kg)
• Nodir Mavlonberdiyev (-81 kg)
• Aziz Avazmurodov (-90 kg)
• Javohir Murodillaev (+90 kg)