«Saber» jamoasi Sankt-Peterburgda tarixiy debyut qiladi
O'zbek dzyudosi ilk bor «Ayollar ligasi» klub turnirida ishtirok etadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz
17 avgust kuni Sankt-Peterburgda dzyudo bo‘yicha nufuzli «Ayollar ligasi» start oladi. Musobaqada 12 ta jamoa ishtirok etadi va ular to‘rtta guruhga ajratilgan.
O‘zbekiston tarixida ilk bor klub darajasida mamlakat sharafini «Saber» jamoasi himoya qiladi. Jamoaga milliy terma jamoa bosh murabbiyi Andrey Shturbabin rahbarlik qiladi.
«B» guruhida o‘zbekistonlik qizlar mezbon «Turbostroitel» va Samaraniing «Sportkomanda 63» klubiga qarshi bellashadi.
Tarkib:
-52 kg: Muxayyo Ahmadova
-52 kg: Fotima Tursunboeva
-57 kg: Shukurjon Aminova
-63 kg: Sarvinoz Xusanova
-70 kg: Xurshida Razzokberdiyeva
+70 kg: Irishon Quronboeva
+70 kg: Moxlaroyim Tuxtamisheva
Murabbiylar: Andrey Shturbabin, Qahramon Nurillaev
Bakradze Iman
Redaktor