Ruziboyevning raqibi o'zgardi: hamyurtimizga umidli UFC jangchisi to'g'ri keldi


17 avgust kuni AQShning Illinoys shtati, Chikago shahrida UFC 319 turniri bo'lib o'tadi. Unda o'zbekistonlik aralash jang san'ati ustasi Nursulton Ruziboyev ham oktagonga chiqadi. Avvalroq Ruziboyev polyak Mikhail Oleksiychuk bilan jang qiladi, degan ma'lumotlar tarqalgan edi. Biroq bugun ishonchli manbalar va bir qator MMA nashrlari uning raqibi o'zgarganini ma'lum qildi.
Yangi ma'lumotlarga ko'ra, Nursulton UFC 319 doirasida amerikalik Brian Battle'ga qarshi jang olib boradi. Bu haqda sportchining o'zi ham Instagram sahifasida xabar berdi. Hozircha jang turnirning prelim (oldingi) qismiga joylashtirilgan.
Ma'lumot uchun, andijonlik Ruziboyev shu paytgacha 47 ta jang o'tkazib, 36 ta g'alaba, 9 ta mag'lubiyat va 2 ta durang qayd etgan. Unga raqib bo'ladigan Brian Battle — “The Ultimate Fighter 29” shousi g'olibi, professional faoliyatida 12 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyatga ega. U so'nggi to'rt jangda ham raqiblarini mag'lub etgan.
Aytish joiz, UFC 319ning markaziy to'qnashuvi o'rta vazn chempioni Dricus Du Plessis hamda Khamzat Chimaev o'rtasida kechadi.

Futbol
Kecha da 17:22

Futbol
Kecha da 15:36

Futbol
Kecha da 14:12