Ruziboyev Hamzat Chimaev bilan qanday qilib birga tayyorgarlik ko‘rganini ochiqladi
O‘zbek jangchisi Marquez MMA zalidan so‘ng Chimaev jamoasi yig‘iniga qo‘shilganini ma’lum qildi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: MMA Full Send
UFC vakili Nursulton Ruziboyev bo‘lajak jang oldidan tayyorgarlik jarayoni haqida gapirib berdi. Uning aytishicha, dastlab Marquez MMA klubida shug‘ullangan, ammo keyinchalik chechen jangchisi Hamzat Chimaev jamoasi bilan birga mashg‘ulotlarda qatnashgan.
«O‘zi Marquez MMA’da mashg‘ulot o‘tkazayotgan edim. Hamzat Chimaev to‘liq jamoasi bilan Kaliforniyaga keldi. Gaplashdik va meni yig‘inlariga taklif qildi. Jangimgacha to‘liq o‘sha yerda shug‘ullandim, vazn tashlash jarayonida ham ular bilan bo‘ldim. Sparring sheriklari ham katta yordam berishdi. Chaqirgani uchun minnatdorman. Tayyorgarligim natijasini bo‘lajak janglarimda ko‘rsataman», — dedi Ruziboyev.
Bakradze Iman
Redaktor