Rustam Qosimjonov O‘zbekiston shaxmat terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
Shaxmat mutaxassisi oldiga bir qator vazifalar qo‘yilgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Ўзбекистон шахмат федерацияси
Xalqaro grossmeyster, 2004-yilgi FIDE Jahon chempioni Rustam Qosimjonov O‘zbekiston erkaklar shaxmat milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, uning oldiga milliy jamoaning xalqaro maydondagi barqaror natijalarini mustahkamlash, yoshlar uchun zamonaviy tayyorgarlik tizimini yo‘lga qo‘yish, jamoani yirik musobaqalarga sifatli tayyorlash vazifasi qo‘yilgan.
“Rustam Qosimjonov – o‘zbek shaxmatining faxrli vakili, chuqur bilim va katta xalqaro tajribaga ega mutaxassis. U nafaqat dunyoning eng kuchli grossmeysterlaridan biri sifatida tanilgan, balki xalqaro darajadagi sportchilar bilan murabbiy sifatida ham faol ishlagan”, - deyiladi xabarda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist