locale OZ

Ruminiya chempionati – qimmatli tajriba

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Dmitriy Tsutskarev musobaqa haqida
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram

Ruminiyada o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati yakunlangach, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Dmitriy Tsutskarev musobaqa natijalari haqida fikr bildirdi.

— Jamoa tayyorgarligi qanday kechdi?
— Barcha ishlar kalendar rejaga asosan amalga oshirildi. Sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va “Uzbekistan Aquatics” federatsiyasi zarur sharoit yaratib berdi. Shu sabab yigitlar chempionatga yaxshi formda va kurashish ruhi bilan yetib kelishdi.

— Debyutantlar qanday harakat qilishdi?
— Barcha yigitlar birinchi marta shunday yirik musobaqada qatnashishdi. Bu oson emas, ammo aynan shunday startlar sportchining xarakteri va tajribasini shakllantiradi. Har biri oldinga qadam qo‘ydi va qaysi darajada ishlashi kerakligini anglab yetdi.

— Sportchilarning chiqishlari haqida qisqacha:
• Muhammadismail Rahmonov – brass yo‘nalishida ishonch bilan suzdi, katta salohiyatga ega.
• Muhammadsodiq Maxsudov – shaxsiy natijalarini yaxshiladi, kuchli motivatsiya ko‘rsatdi. Debyut uchun juda yaxshi ko‘rsatkich.
• Yuriy Petrovnin – qimmatli musobaqa tajribasi orttirdi, texnik va ruhiy jihatdan ishlash zarur.
• Jahongir Marvarov – uzoq masofalarda barqaror o‘sish namoyish etdi va xarakterini ko‘rsatdi.

— Asosiy xulosa?
— Bu chempionat sportchilarimizga xalqaro tajriba berdi va ularning kelgusidagi rivoji uchun mustahkam zamin yaratdi. Yaqin kelajakda ular yanada yuqori natijalar ko‘rsata olishiga ishonamiz.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting