locale OZ

Ruandaning Kigali shahrida (UCI) Xalqaro velosipedchilar ittifoqining 194-kongressi bo'lib o'tdi

Tadbir Afrika qit'asida birinchi bor o'tkazilayotgan shosse bo'yicha jahon chempionati doirasida tashkil etildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ruandaning Kigali shahrida (UCI) Xalqaro velosipedchilar ittifoqining 194-kongressi bo'lib o'tdi
photo: google

Ruandaning Kigali shahrida (UCI) Xalqaro velosipedchilar ittifoqining 194-kongressi bo'lib o'tdi. Tadbir Afrika qit'asida birinchi bor o'tkazilayotgan shosse bo'yicha jahon chempionati doirasida tashkil etildi. UCI kongressi besh qit'adagi 117 ta milliy federatsiya vakillarini bir yerga jamladi.

Xususan, O'zbekiston velopsort federatsiyasi raisining birinchi o'rinbosari, Osiyo velosport konfederatsiyasi bosh kotibi Kozim O'rinboyxo'jayev ham mazkur yig'ilishda ishtirok etdi.

Yangi tarkibda o'tkazilgan saylov natijalariga ko'ra, Devid Lapartient UCI prezidenti lavozimiga qayta saylandi. (ACC) Osiyo velosport konfederatsiyasi raisi Dato' Amarjit Singh esa UCIning vitse-prezidenti lavozimiga munosib ko'rildi.

Fursatdan foydalanib, O'zbekiston velosport federatsiyasi Amarjit Singh va Devid Lapartient janoblarini yangi lavozim bilan tabriklab, kelajakdagi ishlariga omad va yuksalishlar tilab qoladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting