Rossiyalik grebchi Pavel Eygel O‘zbekiston terma jamoasiga o‘tdi
Rossiyalik sportchi Pavel Eygel sportchi sifatidagi fuqaroligini o‘zgartirib, endi O‘zbekiston terma jamoasi safida ishtirok eta boshladi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi. Eygelning ta’kidlashicha, uning bunday qarorga kelishiga rossiyalik sportchilarning xalqaro musobaqalarda qatnashishidagi cheklovlar sabab bo‘lmagan. Asosiy omil – Rossiya terma jamoasi murabbiylar shtabi tomonidan qabul qilingan yangi strategiya bo‘lgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada terma jamoani yoshartirish siyosatiga o‘tilgan va endi faqat 1994 yilda yoki undan keyin tug‘ilgan sportchilar jamoa tarkibiga qabul qilinmoqda. 1990 yilda tug‘ilgan Eygel esa asosiy tarkibdan chiqarilib, zaxiraga o‘tkazilgan.
Pavel Eygel bu yil bahordan beri O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda. U joriy mavsumda Tailandda o‘tkazilgan musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritdi. Sportchi asosiy maqsadi — Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish ekanini ta’kidladi.