locale OZ

Rossiyalik figurist Ivan Popov O‘zbekiston terma jamoasiga o‘tadi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rossiyalik figurist Ivan Popov O‘zbekiston terma jamoasiga o‘tadi
Rasm: championat.com

Rossiyalik figurist Ivan Popov sport fuqaroligini o‘zgartiradi va endilikda O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Bu haqda "RIA Novosti Sport" manbasi xabar berdi.

Popovning O‘zbekiston terma jamoasiga o‘tishi masalasi 13-may, seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Rossiya Figural uchish federatsiyasi (FFKKR) ijroqo‘m yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi. Manbalarga ko‘ra, qaror ijobiy bo‘lishi kutilmoqda.

Ivan Popov murabbiy Inna Smirnova qo‘l ostida tayyorgarlik ko‘radi. 2024/2025-yilgi mavsumda u Rossiya Gran-pri turkumining birinchi va uchinchi bosqichlarida 7-o‘rinni egalladi. Rossiya chempionatida 8-o‘rinni egallagan. Shuningdek, 2024-yilgi Rossiya chempionatida sakrash bo‘yicha musobaqada jamoaviy hisobda g‘olib, shaxsiy bahsda kumush medalga sazovor bo‘lgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting