locale OZ

Riyod-2025: O‘zbekiston 20-noyabrdagi bellashuvlarda 11 ta medal qo‘lga kiritdi

Vakillarimiz hanuzgacha Turkiyadan so‘ng 2-o‘rinda bormoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Riyod-2025: O‘zbekiston 20-noyabrdagi bellashuvlarda 11 ta medal qo‘lga kiritdi
Фото: Olympic.uz

VI Islom birdamligi o‘yinlarining navbatdagi kuni ortda qoldi. 20 noyabrdagi bahslarda O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medallariga ega chiqdi.

Oltin:
- Anvar Anvarov (yengil atletika, uzunlikka sakrash)
- Qilichbozlik, jamoaviy rapira (erkaklar)
- Qilichbozlik, jamoaviy shpagа (ayollar)

Kumush:
- Svetlana Oqnozarova (ayollar kurashi, -68 kg)
- O‘g‘iloy Norbayeva (yengil atletika, ko‘pkurash)
- Qilichbozlik, jamoaviy sablya (ayollar)
- Qilichbozlik, jamoaviy sablya (erkaklar)

Bronza:
- Natalya Semyonova (para yengil atletika, nayza uloqtirish)
- G‘ulomjon Abdullayev (erkin kurash, -57 kg)
- Umidjon Jalolov (erkin kurash, -65 kg)
- Nigina Sobirova (ayollar kurashi, -62 kg)

O‘zbekiston delegatsiyasining medallari soni 93 taga yetdi — 29 oltin, 34 kumush, 30 bronza. Vakillarimiz hanuzgacha Turkiyadan so‘ng 2-o‘rinda bormoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting