locale OZ

Riyod-2025: Kunni 4 ta medal bilan yakunladik

Kun davomida sportchilarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamgʻarishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Riyod-2025: Kunni 4 ta medal bilan yakunladik
photo: MOQ

Saudiya Arabistonida VI Islom birdamligi oʻyinlarining yana bir kuni ortda qoldi.
Kun davomida sportchilarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallarini jamgʻarishdi.

Oltin:
- Aktenge Keunimjaeva (ayollar kurashi, -50 kg)

Kurash dasturidan oʻrin olgan final bellashuvlari boshlandi. Dastlab -50 kg vazn toifasida ishtirok etgan Aktenge Keunimjayeva nigeriyalik raqibiga qarshi bahs olib bordi. Shiddatli bellashuv hamyurtimizning gʻalabasi bilan yakunlandi va Aktenge oltin medal sohibiga aylandi.

Kumush:
- Shohida Ahmedova (ayollar kurashi, -53 kg)

Kurash bellashuvlarida delegatsiyamiz hisobiga yana bir medal qoʻshildi. -53 kg vazn toifasida ishtirok etgan Shohida Ahmedova finalda nigeriyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi va kumush medal sohibiga aylandi.

- Lidiya Podsepkina (yengil atletika, 100 metrga toʻsiqlar osha yugurish)

Yengil atletika bahslarida yana bir medal. Ayollar oʻrtasida 100 metrga toʻsiqlar osha yugurish bellashuvlarida Lidiya Podsepkina marra chizigʻini ikkinchi boʻlib kesib oʻtdi va kumush medali sohibiga aylandi.

Bronza:
- Zuhriddin Qodirov (qilichbozlik, sablya)

Qilichbozlik boʻyicha terma jamoamiz vakillari ham bugungi bellashuvlarni medal bilan yakunlashmoqda. Sablya boʻyicha kechgan erkaklar oʻrtasidagi bahslarda yarim finalgacha yetib borgan Zuhriddin Qodirov bronza medaliga sazovor boʻldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting