locale OZ

Riyod-2025: Bugundan bahslarga kirishgan engil atletikachilarimiz 4 ta medalni qo'lga kiritishdi

Islom birdamligi o'yinlari davom etmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Riyod-2025: Bugundan bahslarga kirishgan engil atletikachilarimiz 4 ta medalni qo'lga kiritishdi
Фото: Спорт вазирлиги

Saudiya Arabistonining Riyod shahrida VI Islom birdamligi o'yinlari davom etmoqda.

Unda O‘zbekiston delegatsiyasi ham medallar uchun kurashmoqda.

Balandlikka sakrash bahslarida qatnashgan Barnoxon Sayfullayeva 1.84 metr natija bilan oltin, Valeriya Gorbatova esa 1.81 metr bilan bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Bo‘skon uloqtirish sektorida yana 2 medal qo‘lga kiritildi. Erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlarda 74.44 metr natija ko‘rsatgan Suhrob Xodjaev kumush, 74.12 metr qayd etgan Ayubxon Fayozov esa bronza medaliga ega chiqdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting