locale OZ

Riyod-2025. 18-noyabr kuni O‘zbekiston atletlari jami 13 ta medalni jamg‘ardi

VI Islom birdamligi o‘yinlari 21-noyabrgacha davom etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Riyod-2025. 18-noyabr kuni O‘zbekiston atletlari jami 13 ta medalni jamg‘ardi
Фото: OlympicUz

O‘zbekiston delegatsiyasi VI Islom birdamligi o‘yinlarida yana bir muvaffaqiyatli kunni o‘tkazdi. O‘zbekistonlik atletlar jami 13 ta medalni qo‘lga kiritdi: 4 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza.

Jumladan, Alisher G‘aniyev, Ibrohim Mahkamov, Amir Nagaev va Nodir Norboyev oltin medalni, Yorqinbek Odilov, Ilyas Molina, Sevara Rahimova va Zahiriddin Shokirov kumush medalni, Aytjon Xalmaxanov, Abdulla Aliyev, Radmir Semeneev, Shahzoda Egamberdiyeva va Zarinaxon Nosirjonova esa bronza medalni qo‘lga kiritishdi.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda O‘zbekiston delegatsiyasi jami 79 ta medal (25 ta oltin, 29 ta kumush va 25 ta bronza) bilan umumjamoa hisobida Turkiyadan keyin 2-o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, VI Islom birdamligi o‘yinlari 21-noyabrgacha davom etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting