locale OZ

Reyting uchun 720 ochko qo`shib qo`ygan Shukurjon Aminova jahon chempionatini kuchli beshlikda yakunladi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Reyting uchun 720 ochko qo`shib qo`ygan Shukurjon Aminova jahon chempionatini kuchli beshlikda yakunladi
PHOTO: Telegram

Budapesht shahri mezbonlik qilayotgan kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatining uchinchi kungi bahslari yakuni sari yaqinlashmoqda.

Biroz avval hamyurtimiz Shukurjon Aminova jahon chempionatining bronza medali uchun fransiyalik Sara-Leoni Sizikka qarshi tatamiga chiqdi. Asosiy to‘rt daqiqalikda g‘olib aniqlanmadi. Qo‘shimcha daqiqalardagi bitta usul tajribali, nomdor Sizikka bronza medalini taqdim etdi.

Ta’kidlash joiz, Sara-Leoni Tokio-2020 Olimpiadasi yakkaligida kumush, aralash jamoaviy bahslarida oltin, Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarinin yakkaligida bronza, aralash jamoaviy bellashuvlarida yana oltin medalni qo‘lga kiritgan. Jahon chempionatlarining uch karra sovrindori hisoblanadi. Yevropa chempionatida 1 ta kumush, 3 ta bronza medaliga ega chiqqan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting