Reyn-Rur–2025 yakunlandi: O‘zbekiston 15 medal bilan 13-o‘rinni egalladi
Germaniyada XXXII Jahon yozgi Universiadasi — «Reyn-Rur 2025»ning yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Sport vazirligi matbuot xizmati.
Joriy musobaqada 18 sport turi bo‘yicha 234 ta medal jamlanmasi uchun 5100 dan ortiq talaba-sportchilar bahslashdi. O‘zbekiston delegatsiyasi 11 yo‘nalishda ishtirok etdi: kamondan otish, sport gimnastikasi, yengil atletika, suvga sakrash, dzyudo, badiiy gimnastika, eshkak eshish, suzish, stol tennisi, taekvondo WT va tennis. Terma jamoa tarkibiga mamlakatimizning 18 ta oliygohida tahsil olayotgan 53 nafar sportchi kirdi.
O‘zbekiston jamoasi umumiy hisobda 15 ta medal qo‘lga kiritdi:
• 4 ta oltin
• 4 ta kumush
• 7 ta bronza
Natijaga ko‘ra, yurtdoshlarimiz umumjamoaviy medal sanalishi bo‘yicha 13-o‘rinni egalladi.