locale OZ

Respublikada ot sportini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabida trenerlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Respublikada ot sportini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
photo: Ot sporti Uzbekistan

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Ot sporti bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabida trenerlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida mamlakatimizda ot sportini yanada rivojlantirish, sportchilar tayyorgarligi samaradorligini oshirish, musobaqalar taqvimini takomillashtirish hamda xalqaro maydonlarda yuqori natijalarga erishish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, sportchilarni saralash va tayyorlash tizimini takomillashtirish, yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, trenerlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Yig‘ilishda trenerlar oldiga sportchilar hamda sport otlarini respublika va xalqaro musobaqalarga puxta tayyorlash, ularning sport natijalarini yanada yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar qo‘yildi.

Tadbir yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olinib, ot sportini rivojlantirishga qaratilgan istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting