Respublika ishchi guruhi G‘uzor tumanida bo'ldi
Qashqadaryo viloyatida sportni yanada rivojlantirish maqsadida respublika ishchi guruhi tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda shart-sharoitlarni oʻrganish uchun Sport vazirligining bir guruh mutaxassislari Qashqadaryoda boʻlib turibdi.
Ishchi guruh G‘uzor tumandagi sport maktabida bo‘lib, Face-id tizimi orqali amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirib, mahalla va ta’lim muassasalarida hamda mashgʻulot zallarida sport bilan shugʻullanayotgan yoshlarning koʻrsatkichlari, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, oʻrganish mobaynida sport murabbiylari, sportchilar va aholi vakillari bilan suhbat olib borib, hududda oʻtkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalarining “Tuman Hokimi olimpiadasi” bosqichi oʻtkazilishi, sport maktabi va toʻgaraklarda shugʻullanayotgan sportchilar natijalari hamda sport inventarlarining umumiy holati oʻrganildi.