Regbichilarimiz Malayziyadagi turnirda to'rtinchi o'rinni egallashdi
Erkaklar va ayollar terma jamoalari Malayziyada bo‘lib o‘tgan nufuzli Borneo Sevens turnirida munosib ishtirok etib, to‘rtinchi o‘rinni egallashdi.
Ayollar terma jamoasi:
Yarim finalda qizlarimiz musobaqa mezbonlari — Borneo Flyers jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv 0:15 hisobi bilan raqiblar foydasiga yakunlandi.
Bronza medali uchun o‘yinda O‘zbekiston jamoasi Singapur terma jamoasiga 14:21 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Urunlar mualliflari: Barno Utepbaeva, Gulshanbonu Mansurova
Realizatsiya: Aynura Abzieva

Erkaklar terma jamoasi:
Chorak finalda yigitlarimiz All For One jamoasi ustidan 19:12 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Urunlar mualliflari: SaidAhmad Nigmonov, Sobirjon Xoliqulov
Realizatsiya: Ruslan Ibragimov
Yarim finalda terma jamoamiz Shaheeh 7s jamoasiga 7:34 hisobida yutqazdi.
Uchinchi o‘rin uchun bahsda esa yigitlarimiz Briars Rugby jamoasiga 0:22 hisobida imkoniyatni boy berishdi.