Regbi. O‘zbekiston U-18 terma jamoasi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda!
11–15-sentabr kunlari Xitoyning Xuh-Xoto shahrida o‘smir o‘g‘il va qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: regbi
Regbi bo'yicha 11–15-sentabr kunlari Xitoyning Xuh-Xoto shahrida o‘smir o‘g‘il va qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi, va O'zbekiston qizlar jamoasi musobaqaga faol tayyorgarlik olib bormoqda!
O‘quv-mashg‘ulot yig‘ini Toshkent viloyati, Angren shahri, Dukent qishlog‘ida joylashgan “Yangiobod” MChJ sport bazasida o‘tkazilmoqda. Mashg‘ulot jarayoniga Pavel Ivanov va Egor Lebed rahbarlik qilmoqda.
Yig‘in davomida maxsus jismoniy tayyorgarlik, texnik-taktik elementlar va jamoaviy o‘zaro hamkorlikka alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jamoaning ruhiy holati — jangovar. Tayyorlov yuqori saviyada olib borilmoqda, sportchilar esa O‘zbekiston sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilishga qat’iy bel bog‘lagan.
Ibrohim Jalolov
Redaktor