Regbi. O‘zbekiston terma jamoalari «Borneo Sevens» turnirida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi!
2026-yil 11–12-aprel kunlari Malayziyaning Sandakan shahrida regbi-7 bo‘yicha nufuzli xalqaro “Borneo Sevens” turniri bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqa 2001-yildan buyon o‘tkazilib kelinmoqda va Osiyo mintaqasidagi eng muhim turnirlardan biri hisoblanadi.
Joriy yilgi turnirda 8 ta erkaklar jamoasi va 6 ta ayollar jamoasi ishtirok etdi. Musobaqada Malayziya, Avstraliya, Belgiya, Filippin, Singapur, Indoneziya, Qozog‘iston va O‘zbekiston jamoalari qatnashdi.
Turnir yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoalari quyidagi natijalarni qayd etdi:
Ayollar — 2-o‘rin
Erkaklar — 3-o‘rin
Jamoalarimiz musobaqani sovrinli natijalar bilan yakunlab, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildilar.
Joriy turnir doirasida musobaqalarda rasmiy hakam sifatida malakali O‘zbekistonlik hakamlar — Vladimir Pavlenko va Yuliya Ignatenko ham faoliyat yuritdi.
Erkaklar terma jamoasi tarkibi:
(Bosh murabbiy — Danil Kulikov)
Jahongir Abduqodirov
Sergey Sokolov
Timur Negmatov
Murodjon Matjonov
Ruslan Ibragimov
Sunnat Muhametdinov
Mahmud Kalandarov
Abdulaziz Nuraliyev
Ilya Sokolov
G‘ayrat Rajabov
Sarvar Salayev
Asadbek Matsapaev
Ayollar terma jamoasi tarkibi:
(Bosh murabbiy — Asad G‘ulomov)
Oyshajon Urazmetova
Shaydo Radjabova
Gulsanam Orazbayeva
Nurjamal Naurizbayeva
Aynura Abziyeva
Nargiza Jumabayeva
Gulruh Ruzmatova
Mashhura Yuldasheva
Maftuna Rahimova
Sevinch Muidinjonova
Nazima Abdupattaeva
Sevinch Boltaboyeva
Feruza Yangiboyeva