Regbi. O'zbekiston milliy jamoalari Malayziyada yig'in o'tkazmoqda
Regbichilar Borneo Sevens xalqaro turniriga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: regbi Uzbekistan
O‘zbekiston regbi-7 bo‘yicha milliy terma jamoalari Malayziyaning Sandakan shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida nufuzli “Borneo Sevens” xalqaro turniriga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Mazkur turnir har yili o‘tkaziladigan yirik musobaqalardan biri bo‘lib, unda dunyoning yetakchi regbi klublari ishtirok etadi. Musobaqada Yangi Zelandiya, Avstraliya va boshqa regbi rivojlangan davlatlarning kuchli jamoalari qatnashishi kutilmoqda.
Eng so'nggi xabar va yangiliklarni sports24.uz sayti orqali kuzatib boring.
Ibrohim Jalolov
Redaktor