Regbi. O‘zbekiston kubogi bo‘yicha regbi-7 U-13 musobaqasi anonsi
Musobaqada jami 10 ta o‘g‘il bolalar va 7 ta qizlar jamoalari ishtirok etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: regbi Uzbekistan
15-noyabr kuni Farg‘ona shahridagi futbol internati stadionida U-13 toifasidagi yosh regbichilar o‘rtasida O‘zbekiston kubogining birinchi kuni start oladi.
Musobaqada Namangan, Farg‘ona, Andijon, Jizzax, Toshkent viloyat, Navoiy, Sirdaryo, Xorazm, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahridan jami 10 ta o‘g‘il bolalar va 7 ta qizlar jamoalari ishtirok etadi.
15-noyabr kuni jamoalar guruh bosqichida maydonga tushib, pley-offga yo‘l oladigan kuchli jamoalar aniqlanadi.
16-noyabr kuni esa musobaqaning hal qiluvchi bosqichlari — pley-off, yarim final, final bahslari hamda yakuniy o‘rinlar uchun o‘yinlar o‘tkaziladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor