Regbi-7 milliy terma jamoalari «Borneo Sevens» turniriga tayyorgarlikni davom ettirmoqda
Unda dunyoning yetakchi regbi klublari ishtirok etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
O‘zbekiston regbi-7 bo‘yicha milliy terma jamoalari Malayziyaning Sandakan shahrida tashkil etilgan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida nufuzli “Borneo Sevens” xalqaro turniriga puxta tayyorgarlik olib bormoqda.
Mazkur turnir har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan yirik sport musobaqalaridan biri bo‘lib, unda dunyoning yetakchi regbi klublari ishtirok etadi.
Joriy yilgi bellashuvlarda Yangi Zelandiya, Avstraliya hamda boshqa regbi rivojlangan davlatlarning kuchli jamoalari qatnashishi kutilmoqda. Ushbu musobaqa O‘zbekiston terma jamoalari uchun xalqaro maydonda tajriba orttirish va o‘z salohiyatini namoyon etish imkonini yaratadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist