locale OZ

Regbi-7 bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston milliy terma jamoalari Tailandning Bangkok shahriga yetib borishdi

Jamoalarimiz 5–17-avgust kunlari u yerda o‘tkaziladigan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari hamda o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Regbi-7 bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston milliy terma jamoalari Tailandning Bangkok shahriga yetib borishdi
photo: regbi Uzbekistan

Regbi-7 bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston milliy terma jamoalari Tailandning Bangkok shahriga yetib borishdi. Jamoalarimiz 5–17-avgust kunlari u yerda o‘tkaziladigan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari hamda o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishmoqda.

Tayyorgarlik doirasida sportchilarimiz Tailand, Hindiston va Shri-Lanka terma jamoalari bilan birgalikda mashg‘ulotlar hamda nazorat o‘yinlarini o‘tkazishadi. Ushbu uchrashuvlar jamoalarning jismoniy holatini baholash, o‘yin mahoratini oshirish hamda muhim xalqaro musobaqalar oldidan taktik harakatlarni charxlab olish imkonini beradi.

Mashg‘ulot yig‘inining asosiy maqsadi — 29–30-avgust kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tadigan “Asia Rugby Emirates Seven Series” Osiyo chempionatining birinchi bosqichiga hamda bo‘lajak Osiyo o‘yinlariga munosib tayyorgarlik ko‘rishdir.

O‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashayotgan milliy terma jamoalar tarkibi:

Erkaklar terma jamoasi:

  • Ibragimov Ruslan
  • Imamov Bexzod
  • Sokolov Sergey
  • Kalandarov Mahmud
  • Matchonov Murodjon
  • Matsapayev Asadbek
  • Sokolov Ilya
  • Abduqodirov Jahongir
  • Boyev Ulug‘bek
  • Usmonov Umar
  • Radjabov Gayratbek
  • Rayimberganov Nuraddin
  • Xoliqulov Sobirjon
  • Salayev Sarvar

Ayollar terma jamoasi:

  • Yangiboyeva Feruza
  • Boltabayeva Sevinch
  • Avazxonova Sarvinoz
  • Abdupattayeva Nozimaxon
  • Muydinjonova Sevinchxon
  • Zokirjonova Dilnozaxon
  • Urazmetova Oyshajon
  • Urazmetova Fotimajon
  • Naurizbayeva Nurjamal
  • Abziyeva Aynura
  • Urozboyeva Gulsanam
  • Radjabova Shaydo
  • Ruzmatova Gulruh
  • Yuldosheva Mashhura

Murabbiylar shтаbi:

  • Kulikov Danil
  • G‘ulomov Asad
  • Dakuytoga David
  • Ignatenko Yuliya

Bangkokdagi xalqaro yig‘in O‘zbekiston milliy terma jamoalarining mavsumning eng muhim musobaqalariga tizimli tayyorgarlik ko‘rish bosqichlaridan biri bo‘ladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting