locale OZ

Razambek Jamalov o'ninchi marta jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Razambek Jamalov o'ninchi marta jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi
Rasm: gettyimages.com

Erkin kurash bo‘yicha Parij–2024 Olimpiadasi chempioni Razambek Jamalov yana bir bor jarrohlik stoliga yotdi. Bu haqda sportchining o‘zi ijtimoiy tarmoqda surat bilan birga izoh qoldirgan.

“O'ninchi operatsiya ham muvaffaqiyatli o‘tdi, Alhamdulillah! Bu yo‘l oson kechmadi, lekin har bir fursatni qadrlashni o‘rgandim. Qo‘llab-quvvatlovingiz sabab har gal kuch to‘plab, qayta tiklanaman. Barchangizga yana bir bor minnatdorchilik bildiraman. Meni davolab kelayotgan shifoxona jamoasiga, ayniqsa, Andrey Vadimovichga alohida rahmat aytaman – u haqiqiy professional. Kelasi yil ko‘rishguncha, In Sha Alloh!”, – deb yozdi Jamalov.

Sportchining so‘zlaridan ma’lum bo‘lishicha, u 2026 yilda katta sportga qaytishni rejalashtirmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting