locale OZ

Ravshan Tolibov: «Ishonamanki, jamoamiz yangi mavsumni g‘alabalar bilan boshlaydi»

Yangi mavsum 4-sentyabr kunidan start oladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ravshan Tolibov: «Ishonamanki, jamoamiz yangi mavsumni g‘alabalar bilan boshlaydi»
Фото: Сайхун ПФК

Oliy liganing 2026/2027 mavsumiga qur’a tashlash marosimidan so‘ng «Sayxun» jamoasi jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi Ravshan Tolibov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Qur’a tashlash marosimi ancha yaxshi o‘tdi. Jamoalar dastlabki turdagi raqiblarini bilib olishdi. Hozirda hamma ishtirokchilar yangi mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko‘rmoqda. Nasib qilsa, sentyabr oyining dastlabki haftasidan boshlab Oliy liga bellashuvlari boshlanadi.

Jizzax shahrida mezbonlik qiladigan tur bahslar qiziqarli o‘tishiga shubha yo‘q. Dastlabki turdagi raqiblarimiz ancha yaxshi. Ular ham mavsumni yuqori notada o‘tkazish uchun biz kabi puxta hozirlik ko‘rmoqda, tarkib shakllantirilmoqda. «Sayxun» jamoasi ham o‘yinlarga qadar yanada yaxshi holatda bo‘ladi. Tayyorgarligimiz reja asosida davom etmoqda. Ishonamanki, mavsumni yaxshi boshlaymiz va g‘alabalarimiz bilan muxlislarimiz, yaqinlarimizni xursand qilamiz. Yangi mavsumda barcha jamoalarga omad tilab qolaman», — dedi Tolibov klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting